Turkiya Germaniyaga nota yubordi

Germaniyada yashaydigan turklarning joriy yil 24-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan saylovda ovoz berishini ta’minlash maqsadida Turkiya hukumati Germaniya tashqi ishlar vazirligiga nota yubordi. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.
Diplomatik manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniya notaga iliq munosabat bildirsa, saylov qutilari tegishli joylarga o‘rnatiladi.
Chet davlatlarda yashayotgan turklar birinchi turda 4–17-iyun kunlari, ikkinchi turga qolsa, 30-iyun–4-iyul kunlari ovoz berishlari mumkin.
Germaniyada yashaydigan turklar avval ham, ya’ni 2014-yil 10-avgust kuni prezident saylovida, 2015-yil 7- iyun va 1-noyabrdagi parlament saylovida, 2017-yil 16-aprel kuni konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish munosabati bilan o‘tkazilgan saylovda ovoz bergan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter