Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiya ilk gipertovushli raketasini taqdim etdi

Turkiya ilk gipertovushli raketasini taqdim etdi

Foto: Anadolu Ajansı

Istanbuldagi qurol-aslahalar xalqaro ko‘rgazmasi (IDEF 2025)da Turkiya o‘zining birinchi gipertovushli raketasi — Tayfun Block-4ni taqdim etdi. Bu haqda «Anadolu» agentligi xabar berdi.

Roketsan mudofaa sanoati kompaniyasi namoyish etgan oltita ilg‘or tizim orasida Tayfun Block-4 asosiy o‘rinni egalladi.

Tayfun Block-4 ballistik raketasi — Turkiyaning milliy mahsuloti Tayfun uzoq masofaga mo‘ljallangan raketasining gipertovushli talqini. Ta’kidlanishicha, u shu paytgacha Turkiya ishlab chiqargan raketalardan ko‘ra uzoqroqqa ucha oladi.

Gipertovushli raketalar sanoqli davlatlar, masalan, AQSh, Xitoy va Rossiyada bor.

Tayfun Block-4 — ko‘p maqsadli raketa bo‘lib, ko‘p sonli strategik nishonlarni, xususan, havo hujumiga qarshi tizimlar, boshqaruv nuqtalari, harbiy aerodromlar va boshqa muhim harbiy ob’yektlarni yo‘q qilishi mumkin, deyiladi Roketsan bergan ma’lumotda.

Raketa yuqori aniqlikda mo‘ljalga oladi: nishondan og‘ishi 5 metrdan oshmaydi, tezligi 5 Max dan yuqori. Uzunligi — 10 m, diametri — 938 mm, og‘irligi — 7 tonna.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring