Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi

Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi

Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarni to‘xtatdi. Bu haqda Bloomberg agentligi ikki turk rasmiysiga asoslanib xabar bermoqda.

Ularga ko‘ra, 2-maydan boshlab Anqara yahudiy davlatiga barcha eksport va importni to‘xtatgan. Turkiya rasmiylari bu qadamni rasman e’lon qilmagan. Turkiya statistika xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili Turkiya va Isroil o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 6,8 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lib, uning 76 foizi Turkiya eksporti bo‘lgan.

Aprel oyida Turkiya G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatgunga qadar Isroilga 54 nomdagi sanoat tovarlari eksportiga cheklovlar joriy etilishini e’lon qilgandi. Isroil bunga javoban sanksiyalar bilan tahdid qildi va Amerika kongressmenlariga murojaat qilishini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil oktyabrda G‘azo sektorida urush boshlangach, Turkiya rahbariyati Isroil harakatlarini keskin tanqid qildi. Ikki davlat o‘rtasida diplomatik taranglik vujudga keldi. Jumladan, Isroil Turkiyadagi o‘z elchisini chaqirib oldi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring