Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiya ko‘chada chekishni taqiqlab qo‘ydi

Turkiya ko‘chada chekishni taqiqlab qo‘ydi

Foto: «RIA Novosti»

Payshanba kunidan boshlab Turkiyada koronavirusga chalinganlar soni ko‘paygani bois mamlakatda gavjum ko‘chalarda chekish taqiqlanadi, deyiladi respublika IIV sirkulyarida.

«Chop etilgan sirkulyarga binoan turar joy binolaridan tashqari barcha jamoat joylarida fuqarolar hech qanday istisnosiz niqob taqishi shart. Biroq bunday joylarda chekish paytida ba’zi odamlar niqoblarini yechishyapti, ularni pastga tushirishyapti, ulardan noto‘g‘ri foydalanishyapti. Shunga ko‘ra 12-noyabrdan boshlab barcha viloyatlarda odamlar bilan gavjum ko‘chalarda va jamoat transporti bekatlarida chekishni taqiqlash joriy etildi», — deyiladi sirkulyarda.

Ta’kidlanishicha, nafas orqali oson yuqadigan koronavirus tarqalishining oldini olish uchun niqoblardan foydalanish uzluksizligini ta’minlash nihoyatda muhim.

Avvalroq sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Koja koronavirus pandemiyasi Turkiyada ikkinchi cho‘qqisiga yetganini ma’lum qilgandi.

«Worldometers»ning ma’lum qilishicha, 2020-yil 12-noyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, Turkiyada koronavirusga chalinganlar soni 402 053 kishiga yetgan. Ulardan 11 145 nafari vafot etdi. 344 613 bemor kasallikdan forig‘ bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring