Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiya mehmonxonalarida iste’mol qilish tavsiya etilmaydigan taomlar — bloger

Turkiya mehmonxonalarida iste’mol qilish tavsiya etilmaydigan taomlar — bloger

Foto: «TURISTiKo»

Turkiyada dam olib qaytgan sayyoh bu mamlakat mehmonxonalarida yeyish tavsiya etilmaydigan mahsulotlar haqida «TURISTiKo» blogida yozib qoldirdi. E’tirozlar asosan narxi o‘rtamiyona mehmonxonalardagi ovqatlarning sifati haqida.

Bu toifa mehmonxonalarda birinchi navbatda go‘shtli taomlar va mevalar turlari kamligi aytilmoqda, mevalar ko‘pincha yaxshi yetilmagan va shirasi ham pastligi ta’kidlangan.

Xom go‘shtli taomlar va baliqli sushi iste’molidan ham tiyilish tavsiya qilinmoqda, ular qay tarzda saqlangani shubhali.

Yeb tugatilmagan go‘sht keyingi safar pyure-sho‘rvalarda yoki ko‘zachalarda olib kelinishi, tushlikdan qolgan go‘sht salatlar yoki pitssa tayyorlashda ishlatilishini ham sinchkov turist e’tibordan qochirmagan. Desertlar ham uvol qilinmayapti: ularni pirojniylarga krem tayyorlashda, jelega ishlatib yuborishyapti.

Muz solingan kokteyllar ham tavsiya etilmaydi: chunki muz vodoprovod krani suvidan tayyorlanadi, deydi bloger. Umuman olganda, ichimliklar ko‘pincha maxsus kukunlardan tayyorlanadi, shu bois eng ma’quli — choy yoki qadoqlangan idishdagi suv.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring