Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiya Rossiya gazidan voz kechdi

Turkiya Rossiya gazidan voz kechdi

Foto: Reuters

Rossiya gazining Turkiyaga yetkazib berilishi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7 barobar tushib ketdi. 2018 yil bilan solishtirganda esa ushbu ko‘rsatkich 14 barobarga pastlagan.

Bir vaqtlar Turkiya Rossiya gazini sotib olish bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadigan yirik xaridor edi. Ammo hozirgi vaqtda bu borada ko‘rsatkich ancha pastlab ketgan va Litvadan ham keyingi o‘rinda turibdi.

Turklar siqilgan tabiiy gaz importini keng yo‘lga qo‘ygani tufayli Rossiya gazidan voz kechmoqda. Turkiyaning Botas kompaniyasi borgan sari AQSh, Jazoir, Qatar va Nigeriyadan siqilgan gaz sotib olishni ko‘paytirmoqda.

Vaziyatni hatto yangi qurilgan truboprovod ham qutqara olmayapti. Shuningdek «Gazprom»ning eng yirik xaridori bo‘lgan Germaniya ham gaz sotib olishni 45 foizga kamaytirgan. Natijada Rossiya kompaniyasi o‘z tarixida ilk bor yilning birinchi choragini zarar bilan yakunladi.

Rossiya bunday holatda Yevropa uchun narxni tushirishga qaror qildi. Ammo yaqin hamkorlar hisoblangan Belarus, Qirg‘iziston va Armaniston hamon gazni qimmat narxda sotib olishga majbur bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha Putin gaz narxini tushirish bo‘yicha Belarus talabiga rad javobini bergani xabar qilingan edi. Rossiya prezidenti buning uchun YeOIIda umumiy budjet va soliq tizimi bo‘lishini talab qilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring