Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada 71 yoshli uy bekasi grafik dizayn bo‘yicha diplom oldi

Turkiyada 71 yoshli uy bekasi grafik dizayn bo‘yicha diplom oldi

Kutahyalik 71 yoshli uy bekasi Selma Shahin ikki yil avval boshlagan universitet ta’limini muvaffaqiyatli yakunladi.

Shahin ikki qiz va to‘rt nabiraning onasi. U otasining moliyaviy qiyinchiliklari tufayli o‘rta maktabni tark etishga majbur bo‘lgan. Keyinchalik u ochiq qabul tizimi orqali o‘rta va katta yoshlilar maktabini tamomlab, universitetga kirish imtihonida yetarli ball to‘plagan va Kutahya Dumlupinar universiteti (DPÜ) qoshidagi Tasviriy san’at kasb-hunar maktabiga o‘qishga kirgan.

Ikki yillik grafik dizayn dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan Shahin 27 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan bitiruv marosimida diplomini oladi.

Shahin, rasm chizishni yaxshi ko‘rgani va san’atga qiziqqanligi uchun grafika va dizaynni o‘rganishga qaror qilganini aytadi. U uy bekasi bo‘lgani o‘qishiga xalaqit bermasligini, sotuvchi bo‘lib ishlayotgan turmush o‘rtog‘i uning o‘qishini qo‘llab-quvvatlaganini aytdi.

 «Afsuski, atrofimdagilar universitetdagi ta’limga salbiy munosabatda bo‘lishdi. «Bu yoshingda, uyda o‘tir, universitetda nima qilyapsan?» deganlar ham bo‘ldi, meni ko‘ndirishga harakat qilishsa-da, o‘qish va bilim olishda yosh chegarasi yo‘qligi sababli o‘qishimni tashlamadim.

Otam moliyaviy qiyinchilik tufayli meni maktabga yubora olmadi, shuning uchun men o‘rta maktabni tashlashga majbur bo‘ldim. O‘qish hali ham orzularimda biri edi. Yoshlarga ham, men kabi oliy o‘quv yurtiga o‘qimaganlarga ham o‘rnak bo‘la olsam, bundan juda xursand bo‘laman», – deydi ayol.

Manba: cyprus-faq.com

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring