Turkiyada avtobus halokatga uchradi: 6 kishi qurbon bo‘ldi

Turkiyada Anqara – Oqsaroy yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan avtobus halokatga uchrashi oqibatida 6 kishi nobud bo‘ldi, 39 kishi yaralandi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.
«Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, avariyada 6 kishi halok bo‘lgan. Ulardan biri yosh bola bo‘lgan. Shuningdek, 39 kishi yaralangan», – deyiladi xabarda.
Avvalroq «Haberturk» telekanali O‘rtako‘y chorrahasida yo‘lovchi avtobusi kyuvet (yo‘l chetidagi ariq)ga tushib, muvozanatni yo‘qotgani xabar qilingan edi.
Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar brigadasi hamda tez tibbiy yordam jo‘natilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas