Turkiyada barcha oliy o‘quv yurtlari yozgacha onlayn formatga o‘tkazildi
Turkiya prezidenti Rejep Toyyib Erdog‘an Turkiya oliy o‘quv yurtlari yozga qadar ta’limni onlayn ravishda davom ettirishini e’lon qildi.
«Barcha yotoqxonalar zilzilada boshpanasiz qolganlar uchun beriladi», – deydi Turkiya prezidenti.
Erdog‘an o‘z chiqishida Qahramonmarashdagi zilzila kuchi haqida to‘xtalib, uning kuchi 1999-yilgi zilziladan 3 barobar kattaroq va 3 barobar ko‘p vayronagarchilik keltirib chiqarganini aytadi.
«Asrning falokati deb ta’riflanayotgan bu zilzila deyarli ming kilometrlik hududda sezilgan bo‘lsa-da, 500 kilometrlik maydonda vayronagarchilikka olib keldi. Afsuski, shu paytgacha zilzila oqibatida 21 ming 43 kishining hayotdan ko‘z yumdi, 80 ming 97 kishi esa tan jarohati olgan», – dedi Turkiya prezidenti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter