Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada davlat xizmatchilari ish tashladi

Turkiyada davlat xizmatchilari ish tashladi

Foto: Gazete Arena

Butun Turkiya bo‘ylab davlat organlari xodimlari ish tashladi.

Inflyasiya 40 foizdan yuqori sharoitda 2026-yilning birinchi yarmida maoshlar 10 foizga, ikkinchi yarmida 6 foizga oshirilishi haqidagi xabar bunga sabab bo‘ldi. 2027-yilda esa har olti oyda ish haqi atigi 4 foizga oshirilishi kutilmoqda, deb xabar berdi Gazete Arena.

Bundan tashqari, hukumat komissiyasi yig‘ilishida bazaviy ish haqini ming turk lirasiga oshirish taklifi kiritilgan.

«Oziq-ovqat narxlari va xizmatlar uchun to‘lovlarga solishtirganda, bunday taklif ustimizdan kulishdan boshqa narsa emas. Turkiyada bu pulga bor-yo‘g‘i bir kilo go‘sht beradi», dedi ish tashlashda qatnashayotganlardan biri.

Hech bir xodimi kelmagani uchun, 18-avgust kuni Turkiyadagi ayrim davlat tashkilotlari umuman ishlamagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring