Turkiyada harorat rekordi o‘rnatildi
![Turkiyada harorat rekordi o‘rnatildi](http://static.xabar.uz/crop/2/7/720_460_95_2737786675.jpg)
Turkiya ekologiya va shaharsozlik vaziri Mehmet O‘jaseki seshanba kuni Anqara g‘arbidagi Eskishehir hududida jazirama 49,5 darajaga yetganini ma’lum qildi. Bu mintaqa uchun harorat rekordi hisoblanadi.
Unga ko‘ra, avvalgi rekord – 49,1 daraja mamlakat janubi-sharqidagi Shirnak viloyatida 2021 yilning iyul oyida o‘rnatilgan edi.
«Atrof-muhit, shaharsozlik va iqlim o‘zgarishi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 15 avgust kuni Turkiya tarixida yangi harorat rekordi qayd etildi: Eskishehir viloyatining Saricakaya qishlog‘ida 49,5 daraja», — deb yozdi Mehmet O‘jaseki.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter