Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada liraning qulashi narx-navoni oshirib yubordi

Turkiyada liraning qulashi narx-navoni oshirib yubordi

Foto: Iz.ru

Turkiya statistika milliy instituti 3-oktyabr kuni ochiqlagan ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda yillik inflyasiya 83,45 foizni tashkil etdi.

Eng qimmatlashgan narsalar — alkogolsiz ichimliklar, transport xizmatlari, oziq-ovqat. Bir yil ichida oziq-ovqat va alkogolsiz ichimliklar narxi 93 foiz, tashish xizmatlari 117,66 foizga oshdi.

Narx-navo ta’siri nisbatan kamroq sezilgan sohalar: kommunikatsiyalar (30,76 foiz) va ta’lim (30,76 foiz).

Turkiya uy-joy bozorida narxlar o‘sishi tezlashib ketdi. Uylar har oy o‘rtacha 9,99 foizdan qimmatlashib bordi. Bir yil ichida uylarning narxi 85 foizgacha qimmatlashdi.

Yuqoridagi institut ma’lumotlariga ko‘ra, shu yil 4-iyunida Turkiyada yillik inflyasiya 70 foizdan oshgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring