Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada muddatidan oldin prezident saylovi o‘tkazilishi mumkin

Turkiyada muddatidan oldin prezident saylovi o‘tkazilishi mumkin

Foto: Presidential Press Office/Reuters

Turkiyada 2027-yilning noyabrida muddatidan oldin prezident saylovi o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda mamlakat parlamentining raqamli OAV qo‘mitasi raisi Huseyin Yayman bayonot berdi.

«Xudo xohlasa, biz yana prezidentimiz (Rajab Toyyib Erdo‘g‘on)ni 2027-yil noyabridagi prezident sayloviga nomzod qilib ko‘rsatamiz va Respublika ittifoqi bayrog‘i Turkiya osmonida hilpirashda davom etadi», — dedi Yayman partiyadoshlari bilan uchrashuvda.

Erdo‘g‘on 23-fevralda hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi etib qayta saylandi. Uning ta’kidlashicha, fraksiya 23,5 yil mobaynida Turkiya va uning xalqiga biron marta pand bermadi va bunday bo‘lmaydi ham.

Avvalroq bergan bayonotida Erdo‘g‘on prezident va parlament saylovlari belgilangan 2028-yildan so‘ng «yangi Turkiya va Istanbul» yaratilishini aytgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring