Turkiyada sayyohlar avtobusi ag‘darilib ketdi: halok bo‘lganlar bor
Milliyet gazetasining dushanba kungi xabariga ko‘ra, Turkiyaning Antaliya viloyatida ichida rossiyalik sayyohlar bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketdi, uch kishi halok bo‘ldi va 16 kishi jarohatlangan.
Gazetaning ma’lum qilishicha, voqea Side hududida sodir bo‘lgan. Manavgatdan Antaliya aeroportiga rossiyalik sayyohlarni olib ketayotgan avtobus noma’lum sabablarga ko‘ra beton to‘siqqa urilib ag‘darilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uch kishi halok bo‘lgan, 16 kishi jarohatlangan.
Jabrlanganlar yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter