Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada «vayron bo‘lgan uylarning ko‘pi yangi ekan»ligi rad etildi

Turkiyada «vayron bo‘lgan uylarning ko‘pi yangi ekan»ligi rad etildi

Turkiya Prezidenti huzuridagi Kommunikatsiyalar boshqarmasi Dezinformatsiyaga qarshi kurashish markazi Turkiyadagi halokatli zilzilada vayron bo‘lgan binolarning aksariyati yangi binolar bo‘lgani haqidagi da’volarni rad qildi.

Markaz bergan ma’lumotga ko‘ra, zilziladan jabr ko‘rgan 10 ta viloyatda qulagan binolar soni, 14-fevral holatiga ko‘ra, jami 9 146 tani tashkil qilgan bo‘lsa, ushbu binolarning 98 foizi 1999-yildan oldin qurilgan.

Mamlakat Atrof-muhit, shahar va iqlim o‘zgarishi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, jumladan:

  • Adanadagi 13 ta binodan 12 tasi eski, 1 tasi yangi
  • Adiyamandagi 1348 ta binoning 1315 tasi eski va 33 yangi
  • Diyorbakirdagi 52 ta binoning 52 tasi eski bino
  • Gaziantepdagi 2 648 ta binodan 2 622 tasi eski, 26 tasi yangi
  • Hataydagi 821 ta binoning 780 tasi eski, ulardan 41 tasi yangi bino bo‘lgan.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring