Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada yo‘lovchi avtobusining ag‘darilib ketishi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

Turkiyada yo‘lovchi avtobusining ag‘darilib ketishi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

Turkiyaning Diyorbakir shahrida avtobus bilan sodir bo‘lgan YTHda besh kishi halok bo‘ldi, 22 kishi jarohat oldi, deb xabar berdi TRT Haber telekanali.

«Diyorbakirda yo‘lovchi avtobusining ag‘darilishi oqibatida dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 5 kishi, jumladan, bir bola halok bo‘ldi, 22 kishi jarohat oldi», — deyiladi telekanal xabarida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, YTH mamlakat janubi-sharqidagi Diyarbakir-Silvan avtomobil yo‘lining 65-kilometrida sodir bo‘lgan.

Voqea joyiga ko‘plab tez yordam, qutqaruvchilar va politsiya xodimlari jo‘natilgan. Jarohatlanganlar yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring