Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyadagi ommaviy namoyishlarda qariyb 500 kishi qo‘lga olindi

Turkiyadagi ommaviy namoyishlarda qariyb 500 kishi qo‘lga olindi

Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikay X ijtimoiy tarmoqda xabar berishicha, politsiya Turkiya janubidagi Kayseri viloyatidagi tartibsizliklar ortidan 474 kishini hibsga oldi.

Xabarda, Kayseri voqeasidan keyin Turkiyaning ba’zi shaharlarida suriyaliklarga qarshi namoyishlar uyushtirilgani bildirildi.

«Noqonuniy vositalar yordamida amalga oshirilgan provokatsion harakatlar natijasida 474 kishi qo‘lga olindi», - deb yozadi u.

Yerlikayning so‘zlariga ko‘ra, hibsga olinganlar orasida 285 nafari turli jinoyatlar uchun sudlangan. Shuningdek, u aholini o‘zini bosiqlik bilan tutishga, provokatsiyalarga berilmaslikka chaqirdi.

30 iyun kuni Turkiyaning bir qancha shaharlarida, xususan, Kayseri, Hatay, Gaziantepda mahalliy aholining yirik norozilik namoyishlari va mitinglari bo‘lib o‘tdi, bunga suriyalik qochqinning bolaga hujumi haqidagi xabarlar sabab bo‘ldi. Respublika Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an tartibsizliklarda muxolifatning «zaharli» hiylalarini aybdor deya topdi. U namoyishchilarning harakatlarini nomaqbul deb atadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring