Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyadagi zilzilada 150 dan oshiq kishi jarohat oldi

Turkiyadagi zilzilada 150 dan oshiq kishi jarohat oldi

Istanbuldagi zilzilalarda 151 kishi jarohat oldi

Turkiya Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 23-aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:49 da Silivri tumani (Istanbul viloyati)da 6,2 ballli yer qimirlashi qayd etildi. Epitsentr Marmara dengizi hududida, shahar markazidan taxminan 40 km janubi-g‘arbda joylashgan. 

Zilzila Istanbulning barcha tumanlarida hamda qo‘shni viloyatlarda, jumladan Izmirda ham his etildi. Ko‘plab aholi binolardan chiqib, ochiq joylarda to‘plangan. Mahalliy hokimiyatlar ma’lumotiga ko‘ra, jiddiy vayronagarchilik yoki halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Bir fuqaro binodan chiqib ketish paytida jarohat olgani xabar qilinmoqda. 

Asosiy silkinishdan so‘ng bir necha aftershoklar kuzatildi, ulardan eng kuchlisi 5,3 magnitudada bo‘lgan. Hokimiyatlar aholini zarar ko‘rgan binolarga kirmaslikka va xavfsizlik choralariga amal qilishga chaqirmoqda. 

Istanbul gubernatorligi ma’lumotiga ko‘ra, zilzila natijasida hech kim halok bo‘lmagan. 

151 nafar fuqaro qo‘rquv sabab balandlikdan sakragan holda tan jarohati olib, kasalxonalarda davolanmoqda. Ularga hech qanday hayotiy xavf yo‘q. 

Shuningdek, Fatih tumanida tashlandiq bino qulab tushgan, ammo hodisa oqibatida hech kim jabr ko‘rmagan. 

Istanbuldagi bosh konsulxona mahalliy favqulodda xizmatlar bilan doimiy aloqada bo‘lib, vaziyatni kuzatishda davom etmoqda. Hozirgi vaqtgacha O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari orasida jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring