Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyaga uch oyda 10 millionga yaqin sayohatchi bordi

Turkiyaga uch oyda 10 millionga yaqin sayohatchi bordi

Turkiya madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy mamlakatda turizm statistikasi qayta ko‘rib chiqilgani va amalga oshirilgan yangilanishlar turizm statistikasida aks eta boshlaganini aytdi.

Uning qayd etishicha, Turkiya bu yilgi turizm tushumini 60 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan.

«Yilning birinchi choragini 9 million 68 ming sayyoh bilan yakunladik. Ya’ni o‘tgan yilga nisbatan 16,7 foiz o‘sishga erishdik», dedi Mehmet Nuri Ersoy.

Uning ta’kidlashicha, ushbu tizim asosida 2012-2023 yillar oralig‘ini qamrab olgan holda turizm daromadiga oid ma’lumotlar ham yangilangan, natijada kunlik tashrif buyuruvchi va tunab qolishlar sonida ham o‘zgarishlar qayd etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring