Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyaning Suriya bilan chegara hududiga 5 ta raketa kelib tushdi. Qurbonlar bor

Turkiyaning Suriya bilan chegara hududiga 5 ta raketa kelib tushdi. Qurbonlar bor

Turkiyaning Suriya bilan chegara – Karkamish shahriga 4 ta raketa kelib tushdi.

Gaziantep gubernatori Dovud Gul, Suriya shimolidan Karkamish tumaniga 5 marta raketa hujumi uyushtirilganini ma’lum qildi. Ulardan biri mahalliy maktablarning biriga kelib urilgan.

Hodisa oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan. 6 kishi esa turli darajada tan jarohatlari olgan, ulardan 2 nafari og‘ir ahvolda. Voqea joyiga ko‘p sonli xavfsizlik kuchlari va tez yordam mashinalari jo‘natilgan.

Mahalliy OAVlarning yozishicha, raketa hujumi Suriyadagi «Kurdiston ishchilar partiyasi» tomonidan uyushtirilgan.

Dovud Gul o‘z bayonotida, «terror tashkiloti tomonidan Furot daryosining sharqidan Karkamish va Jarabulusga otilgan minomyotlardan hech qanday talafot yo‘q. Xavfsizlik kuchlarimiz ham shunday javoblarni berdi. Alloh millatimizni o‘z panohida asrasin», deydi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring