Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyaning tog‘-chang‘i kurortida 10 kishi halok bo‘ldi

Turkiyaning tog‘-chang‘i kurortida 10 kishi halok bo‘ldi

Turiyaning Bolu viloyatidagi tog‘-chang‘i kurortida yong‘in 11 qavatli mehmonxonadagi restoranda boshlanib, tezda butun binoni qamrab olgan.

Seshanba kuni kechqurun yuz bergan hodiada 10 kishi halok bo‘lgani va 32 kishi jarohat olgani xabar qilindi.

Mehmonxonada 234 nafar mehmon ro‘yxatdan o‘tgan. Viloyat gubernatorligi ularning barchasi Turkiya fuqarolari ekanligini bildirdi. Yong‘in sabablari hozircha ma’lum emas.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring