Turkmanistonda salkam 800 nafar mahbus afv etildi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Betaraflik kuni (12-dekabr) munosabati bilan mamlakatning sudlanib jazoni o‘tayotgan 796 nafar fuqarosini afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Farmonga ko‘ra, 796 nafar shaxs ozodlikka chiqariladi. Prezident IIVga tegishli organlar bilan birgalikda mahbuslarni tez kunlarda ozod qilish va oilalari bag‘riga qaytarish choralarini ko‘rishni topshirgan.
Eslatib o‘tamiz, 1995-yilning 12-dekabr kuni BMT Bosh Assambleyasi «Turkmanistonning doimiy betarafligi» to‘g‘risidagi rezolyusiyani qabul qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter