Turkmanistonda shifokorlarga smartfondan foydalanish taqiqlandi

Turkmanistonlik shifokorlarga ish joyida smartfonlardan foydalanish taqiqlandi, deb xabar bermoqda «Xroniki Turkmenistana».
Ashxabod tibbiy muassasalarida shifokorlarga ish paytida mobil telefonlardan foydalanish taqiqlangan. Rahbariyat talabiga binoan, xodimlar o‘z telefonlarini uyda qoldirishlari yoki ish davomida bosh vrachga topshirishlari shart. Ammo taqiqning sabablari noma’lum.
Nashrning qayd etishicha, bu mamlakat hukumati tomonidan aholining internetga kirishini cheklashi va bu boradagi nazoratning kuchaytirilishi fonida amalga oshirilmoqda. Avvalroq, nashr muxbirlariga ko‘ra, turkmanistonlik talabalarga mobil telefondan foydalanish taqiqlangan edi. Shuningdek, o‘qituvchilar ham telefonlarni ovozsiz rejimga qo‘yishlari va dars davomida ulardan foydalanmasliklari shart.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter