Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkmanlar samolyot shaklida aeroport qurishadi

Turkmanlar samolyot shaklida aeroport qurishadi

Foto: «Turkmaniston: oltin asr»

Turkmanistonning Kerki shahrida may oyida asosiy binosi samolyot ko‘rinishidagi aeroportni qurish boshlanadi. Bu haqda «Turkmaniston: oltin asr» davlat portali xabar berdi.

Aeroportni qurish ishlari katta tajribaga ega «Gündogdy» korxonasiga topshirilgani aytilmoqda. Loyihaga ajratilgan maydon 200 gektar bo‘lib, soatiga 100 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi, uchish yo‘lagi uzunligi — 2 700 metr, eni — 60 metr. Yo‘lovchilar terminali 1 730 kvadrat metr maydonni egallaydi.

«Aeroport-samolyot»ni 2021-yilning aprelida ishga tushirish rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun: Kerki (2017-yilgacha — Otamurod) — Lebap viloyatining Kerki tumani markazi bo‘lib, Turkmaniston sharqida, Amudaryoning chap sohilida joylashgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring