Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tuyalardan ehtiyot bo‘ling!»: Qatarda Xitoynikidan farq qiluvchi koronavirusga chalingan bemor kasalxonaga yotqizildi

«Tuyalardan ehtiyot bo‘ling!»: Qatarda Xitoynikidan farq qiluvchi koronavirusga chalingan bemor kasalxonaga yotqizildi

Foto: «CBC.ca»

Qatar sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, mamlakat hududida 2020 yilda Yaqin Sharq respiratorli sindiromi (MERS)ga chalingan birinchi bemor aniqlandi. Bu haqda «Life» yozmoqda.

MERS — koronavirus turi.

«Koronavirus bilan kasallanish 65 yoshli qatarlikda aniqlandi, u hozir tegishli tibbiy yordam ko‘rsatish uchun kasalxonaga yotqizilgan», — deyiladi Qatar SSV xabarida.

Vazirlik ushbu kasallik tashuvchisi bo‘lgan tuyalarga yaqin yo‘lamaslikni, kasallik alomatlari paydo bo‘lishi bilanoq shifokorlarga murojaat qilish kerakligini tavsiya qilgan.

Qatarda Xitoydan tarqagan yangi turdagi koronavirus bilan kasallanganlar yo‘qligini ham vazirlik qo‘shimcha qilgan. Arabiston yarimorolida Xitoy koronavirusi yetib kelgan yagona mamlakat Birlashgan Arab Amirliklari sanaladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring