Britaniya malikasida saraton aniqlandi
Buyuk Britaniya malikasi, shahzoda Uilyamning rafiqasi Keyt Middlton saraton chalindi.
«Tibbiy guruhim menga profilaktik kimyoterapiyadan o‘tishimni maslahat berdi va men hozir bu davolashning dastlabki bosqichidaman. Bu, albatta, katta zarba bo‘ldi va men Uilyam va men yosh oilamiz uchun bu masalani qabul qilish va hal qilish uchun qo‘limizdan kelganini qilmoqdamiz», deya ma’lum qilgan Keyt Middlton.
Kembrij gersoginyasi og‘ir jarrohlikdan tuzalib, davolanishni boshlash uchun vaqt talab qilganini tan oldi, shuningdek, bolalari Jorj, Sharlotta va Luisga tashxisi haqida gapirib bergan
Fevral oyi boshida qirol Charlz III ham saraton kasalligiga chalingani ma’lum bo‘lgandi.
Britaniya malikasining sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar yanvar oyida, jarrohlik amaliyotini o‘tkazganini e’lon qilganidan so‘ng ma’lum bo‘lgandi. Jarrohlikdan so‘ng Keyt Middlton jamoat maydonidan g‘oyib bo‘ldi, shu vaqt ichida uning ahvoli haqida ko‘p taxminlar paydo bo‘ldi. Uni ikki marta ko‘chada onasi va eri hamrohligida ko‘rishgan. Keyin Bukingem saroyi Buyuk Britaniyaning bo‘lajak qirolining rafiqasi bahorda o‘z vazifalariga qaytishini e’lon qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter