Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uchuvchilar parvoz payti mushtlashgan

Uchuvchilar parvoz payti mushtlashgan

Foto: Global Look Press

Air France kompaniyasining ikki uchuvchisi parvoz payti mushtlashgan. Jenevadan Parijga uchgan samolyotdagi voqea iyun oyida yuz bergan. Aviakompaniya voqea yuz berganini endi rasman tasdiqladi.

Guardian yozishicha, samolyot havoga ko‘tarilganidan so‘ng, ikki uchuvchi kelishmay qolib, yoqalashib ketishgan, biri ikkinchisiga musht tushirishga ham ulgurgan. Bort kuzatuvchilari ularni ajratib olishgan. Parvoz davomida, yana mushtlashib ketmasliklari uchun, uchuvchilarning biri kabinada qoldirilgan.

Nima bo‘lganda ham, samolyot Parij aeroportiga eson-omon kelib qo‘ngan. Shundan so‘ng uchuvchilar ishdan chetlatilgan.

Fuqaro aviatsiyasi xavfsizligini tekshirish va tahlil qilish byurosi (BEA)ning hisoboti ortidan Air France yuqoridagi bayonotini berdi. BEA hisobotida ushbu aviakompaniya uchuvchilariga favqulodda holatlarda chidamlilik yetishmasligi ko‘rsatilgandi. Hisobotda 2017-yildan 2022-yilgacha yuz bergan beshta favqulodda vaziyat ko‘rsatilgan bo‘lib, uchuvchilar xavfsizlik qoidalari bo‘yicha emas, balki o‘z xohishlari bo‘yicha ish tutishgani ta’kidlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring