UFC jangchisi 38 yoshida vafot etdi
![UFC jangchisi 38 yoshida vafot etdi](http://static.xabar.uz/crop/3/4/720_460_95_3413666116.jpg)
Entoni Jonson 38 yoshida uzoq davom etgan og‘ir kasallik sabab dunyodan ko‘z yumdi.
Entoni MMAdagi faoliyati davomida 29 ta jang o‘tkazib, ularning 23 tasida g‘alaba qozongan (17 tasi nokaut bilan), 6 tasida esa mag‘lub bo‘lgandi.
U UFCdagi faoliyatida Glover Teysheyra, Rayan Bader, Aleksander Gustafsson, Antonio Nogeyra kabi taniqli jangchilarni nokautga uchratgan.
Entoni o‘zining so‘nggi jangini 2021 yil 7 mayida Bellator 258 doiraisda Xose Barrosga qarshi o‘tkazib, nokaut evaziga g‘alaba qozongandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter