UFC rahbari o‘g‘rini kaltaklagani uchun ishdan haydalgan ayolga ish taklif qildi

Gavayya orollarida o‘g‘rining ta’zirini bergan do‘kon sotuvchisi Sammer Tapasa-Sataraki UFC janglaridan biriga taklif oldi.
«Radio Sputnik»ning yozishicha, tashkilot rahbari Dana Uayt «Instagram»dagi o‘zining sahifasida ayol bilan uchrashib, unga Konor Makgregor va Donald Serrone o‘rtasida o‘tkaziladigan jangga taklifnoma bermoqchi ekanligini ma’lum qildi.
Avvalroq tarmoqda o‘g‘ri bilan olishayotgan ayol aks etgan video paydo bo‘lgandi. Buning oqibatida ayolni mushtlashgani uchun ishdan bo‘shatishdi.
«U menda ishlashini xohlayman», – deb yozadi UFC rahbari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter