Uitkoff: Putin va Zelenskiy tez orada uchrashishi mumkin
AQSh Prezidentining elchisi Stiv Uitkoff Rossiya va Ukraina ishtirokidagi keyingi muzokaralar kelgusi uch hafta ichida bo‘lib o‘tishi mumkinligini aytdi.
Uning ta’kidlashicha, muzokaralarning natijalari Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi uchrashuvga olib kelishi mumkin.
«Jared Kushner va men umid qilamanki, biz ikkala tomonga ham keyingi uch hafta ichida hatto Zelenskiy va Putin o‘rtasidagi sammitga olib keladigan ba’zi takliflarni taqdim etdik», dedi Uitkoff Fox News telekanalida.
Stiv Uitkoff agar sammit bo‘lib o‘tsa, AQSh Prezidenti Donald Tramp ham Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligini istisno qilmadi.
Rossiya, AQSh va Ukraina o‘rtasidagi uch tomonlama muzokaralarning uchinchi bosqichi 17 va 18-fevral kunlari Jenevada bo‘lib o‘tdi. Rossiya delegatsiyasi rahbari Vladimir Medinskiy muzokaralarning to‘rtinchi bosqichi yaqin orada bo‘lib o‘tishini aytdi. TASS o‘z manbasiga tayanib, uchrashuv 1 martgacha bo‘lib o‘tishi mumkinligini xabar qildi.
CNN telekanalining xabar berishicha, tomonlar sulh qanday ishlashini aniqlashda «asta-sekin, ammo sezilarli yutuqlarga» erishdilar. Vladimir Zelenskiy Ukraina delegatsiyasiga Vladimir Putin bilan mumkin bo‘lgan uchrashuvni muhokama qilishni buyurganini xabar qildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter