Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina armiyasida qancha ayol harbiy borligi ochiqlandi

Ukraina armiyasida qancha ayol harbiy borligi ochiqlandi

Ukrainada ayol harbiy xizmatchilar soni 2014-yilga nisbatan uch baravar ko‘paydi.

2023-yil oktyabr holatiga ko‘ra, Ukraina armiyasidagi ayollar soni 62 062 kishiga ko‘paydi, ulardan 43 479 nafari harbiy xizmatchilardir. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligi Qurolli Kuchlar Kadrlar markazi ma’lumot berdi. 

2014-yilda Ukraina Qurolli Kuchlarida ayollarning umumiy soni 49 926 kishini tashkil etdi, ulardan 16 557 nafari harbiy xizmatchilar bo‘lgan. Ayni paytda 7 ming 709 nafar ayol ofitser, 11 ming 732 nafari serjant va brigadir unvoniga ega.

Ukraina hukumati Harbiy media markazi ma’lumotlariga ko‘ra, armiyada 5160 nafar ukrainalik ayol rahbarlik lavozimlarida ishlaydi. 13 487 nafar ukrainalik ayol jangovar maqomga ega.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring