Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina dronlari Moskvaga hujum qildi

Ukraina dronlari Moskvaga hujum qildi

Bugun, 30 iyulga o‘tar kechasi «Moskva-Siti» biznes markazida joylashgan «IQ-kvartal» binosida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.

Voqea joyiga tezkor xizmatlar va huquq-tartibot idoralari yetib kelgan. Portlash natijasida bir qo‘riqchi jarohat olgan. Birinchi qavatdan to‘rtinchi qavatgacha oynalar singan.

Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, hujumda uchta dron ishtirok etgan: ulardan biri Moskva viloyatining Odinsovo tumanida havoda yo‘q qilingan, qolgan ikkitasi elektron vositalar yordamida zararsizlantirilgan.

Moskva shahri va Moskva viloyati havo zonasida parvozlar taqiqlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring