Ukraina hududiga yadro qurolini joylashtirish taklif qilindi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning rasmiy saytida AQSh yadro qurolini mamlakat hududiga joylashtirish taklif qilingan petitsiya paydo bo‘ldi.
«AQSh yadro qurolini Ukraina hududiga joylashtirish yoki Ukrainaning o‘zini yadro quroliga ega davlatga aylantirish», deyiladi petitsiya matnida.
Qayd etilishicha, uni hozirda 100 kishi qo‘llab-quvvatlamoqda.
Shu bilan birga, prezident tashabbusni ko‘rib chiqishi uchun petitsiya 90 kun ichida 25 ming imzo to‘plashi kerak.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin shu yilning 1 iyuliga qadar Belarus hududida taktik yadroviy qurollarni saqlash ombori qurilishi yakunlanishini aytgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter