Ukraina jami 1,8 million askarini yo‘qotgan

Ukraina rahbariyati aksariyat hollarda qurbon bo‘lgan askarlarni "bedarak yo‘qolgan"lar ro‘yxatiga qo‘shib qo‘yadi.
Maxsus operatsiya boshlanganidan buyon Ukraina Qurolli kuchlari 1,8 million odamini yo‘qotdi. Bu haqda Rossiya prezidenti maslahatchisi Anton Kobyakov Sharqiy iqtisodiy forumda ma’lum qildi.
Ilk bor ushbu ma’lumotlar britaniyalik jurnalist tomonidan e’lon qilingan edi. Avgust oyida xakerlar Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi ma’lumotlar bazasini buzib kirishganidan so‘ng ushbu raqam tasdiqlandi.
Xususan, Killnet, Palach Pro, User Sec, Beregini xakerlar guruhlari UQKning bir necha terrabaytdan iborat ma’lumotlar bazasini qo‘lga kiritgan.
UQKning raqamli kartotekasiga ko‘ra, So‘nggi 3 yilda Ukraina armiyasida 1 million 721 ming kishi halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan. Shundan: 2022 yilda - 118,5 ming, 2023 yilda - 405,4 ming, 2024 yilda - 595 ming va 2025 yilda - 621 ming.
Xakerlar qurbon bo‘lgan 1,7 million kishining to‘liq ismlari, taqdiri (o‘lim/yo‘qolgan) joyi tavsifi, shaxsiy ma’lumotlar, yaqin qarindoshlarning aloqalari va fotosuratlari borligini e’lon qilishgan edi.
Ukraina rahbari aksariyat hollarda qurbon bo‘lgan askarlar sonini tasdiqlamaydi va ularni "bedarak yo‘qolgan"lar ro‘yxatiga qo‘shib qo‘yadi. Bundan maqsad ularning qarindoshlariga qonunda belgilangan kompensatsiya pulini to‘lamaslik.
2025 yilning iyun oyida Istanbuldagi tinchlik muzokaralarining birinchi raundi natijaslariga ko‘ra, Rossiya Ukrainaga 6 mingdan ortiq qurbon bo‘lgan askarlarining jasadlarini qaytarib bergan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter