Ukraina muzlatilgan Rossiya aktivlari hisobidan yana 1 mlrd yevro oldi

Ukraina muzlatilgan Rossiya aktivlaridan olingan daromadlar hisobidan Yevropa Ittifoqidan Extraordinary Revenue Acceleration dasturi doirasida yana bir milliard yevro oldi.
Bu haqda Ukraina bosh vaziri Denis Shmixal ma’lum qildi.
«Yil boshidan beri Ukraina muzlatilgan Rossiya pullari orqali allaqachon 18,5 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ olgan. Biz bu mablag‘larni Ukrainaning barqarorligini oshirish va tez tiklanish uchun foydalanmoqdamiz», - dedi bosh vazir.
Extraordinary Revenue Acceleration (ERA) dasturi Rossiya suveren aktivlaridan olinadigan foyda bilan qo‘llab-quvvatlanadigan Ukrainaga kreditlar berish bo‘yicha G7 davlatlari tashabbusidir. Bu kreditlar Ukraina iqtisodiyoti, harbiy va qayta qurish sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan. ERA tashabbusi qariyb 50 milliard dollar kredit berishni maqsad qilgan, asosiy qarz va foizlar muzlatilgan Rossiya aktivlaridan keladigan favqulodda daromadlar hisobidan to‘lanadi.
«Bugungi 1 milliard yevro miqdoridagi to‘lov bilan biz Ukrainaga bo‘lgan qat’iy majburiyatimizni yana bir bor tasdiqlaymiz. Biz mamlakat iqtisodining o‘z yo‘lida qolishiga va Rossiya agressiyasidan zarar ko‘rgan muhim infratuzilmani tiklashga yordam beramiz. Biz Ukrainani qancha vaqt kerak bo‘lsa, qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz», – dedi Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter