Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina oldida turgan ikki asosiy vazifa oshkor qilindi

Ukraina oldida turgan ikki asosiy vazifa oshkor qilindi

Ukraina Oliy Radasi deputati Yaroslav Jeleznyak 2024-yil mamlakat oldiga qo‘yilgan ikki asosiy vazifani aytdi.

Jeleznyakning fikricha, Kiyev oldida ushbu yilda davlat budjetining o‘zini-o‘zi ta’minlash darajasini oshirish va Ukraina harbiy sanoatini rivojlantirish vazifasi turibdi. Bu haqda Rada deputati o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

«Menimcha, bu yil, ya’ni 2024-yilda butun mamlakat uchun ikkita maqsadimiz bo‘lishi kerak: kelasi yil budjetimizning o‘zini-o‘zi ta’minlash darajasini maksimal darajada oshirish (tashqi moliyaviy yordam darajasi pasayishi aniq). Va qanday qilib bo‘lsada o‘zimizning harbiy ishlab chiqarish sanoatimizni maksimal darajada rivojlantirishimiz kerak», deydi Jeleznyak.

Deputatning ta’kidlashicha, «barcha qarorlar, harakatlar ushbu muammolarni hal qilishga qaratilgan bo‘lishi kerak».

Eslatib o‘tamiz, AQSh tomonidan berilishi kutilayotgan 61 milliard dollar va YeI ajratishi mumkin bo‘lgan 50 milliard yevro masalasi hanuz hal etilganicha yo‘q. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring