Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina Oliy sudi rahbari qariyb 3 mln dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Ukraina Oliy sudi rahbari qariyb 3 mln dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Kiyevda Ukraina Oliy sudi rahbari Vsevolod Knyazev 2,7 million dollar pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda 16 mayga o‘tar kechasi Ukraina OAVlari mamlakatning Korrupsiyaga qarshi kurash milliy byurosiga tayanib xabar berdi.

«NABU va SAPO (Korrupsiyaga qarshi ixtisoslashtirilgan prokuratura) Oliy suddagi yirik korrupsiyani, ya’ni Oliy sud rahbariyati va sudyalari tomonidan nomaqbul foyda olish sxemasini fosh qildi», — deyiladi xabarda.

«Strani.ua»ning huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga ko‘ra, pora milliarder Konstantin Jevagodan olingan (Forbes uning boyligini 1,3 milliard dollarga baholagan). Hozirda Oliy sudning 18 nafar sudyasi qidiruvga berilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Vsevolod Knyazev 2021 yil 1 dekabrdan beri Oliy sudni boshqarib kelgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring