Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina qachon NATOga kirishi mumkinligi aytildi

Ukraina qachon NATOga kirishi mumkinligi aytildi

Ukraina 2023-yilda emas, 2024-yilda Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan sammitda NATOga taklifnoma olishi mumkin.

Bunday fikrni mamlakat Oliy Radasining NATO Parlament Assambleyasidagi doimiy delegatsiyasi rahbari Yegor Chernev bildirgan.

«Aniq sanalar ko‘rsatilgan taklif, menimcha, 2023-yilda bo‘lmaydi. Ammo umid qilamanki, Vashingtonda bu birinchi raqamli savol bo‘ladi», degan u.

Shu bilan birga, Chernev Kiyev Vilnyusda «xavfsizlik kafolatlari» olishiga umid qilmoqda.

«Xavfsizlik NATOga to‘laqonli a’zo bo‘lgunimizcha kafolatlanadi. Bu, menimcha, biz bugun Vilnyusdagi sammitda erisha oladigan maksimal ko‘rsatkichdir», — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina G‘arb davlatlaridan qurolli mojaro tugaganidan keyin NATOga qo‘shilish haqida kafolat olmoqchi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring