Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina Rossiya bilan muzokara olib borish shartini aytdi

Ukraina Rossiya bilan muzokara olib borish shartini aytdi

Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak mamlakat Rossiya bilan faqat Vladimir Zelenskiy taklif qilgan «tinchlik formulasi» asosida tinchlik muzokaralariga tayyor ekanini aytdi.

Uning so‘zlaridan TASS iqtibos keltirmoqda.

«Bizning suverenitetimiz, hududiy yaxlitligimizni hurmat qiladigan mas’uliyatli davlatlar bilan rejamizni muhokama qilishga tayyormiz», degan Yermak.

2022-yil noyabr oyida Zelenskiy G20 sammitidagi nutqi chog‘ida 10 banddan iborat «tinchlik formulasi»ni e’lon qilgan edi.

Xususan, hujjatda Ukrainaning 1991-yilgi chegaralarini tiklash, hibsga olinganlarni almashish, yadro, oziq-ovqat va energetika xavfsizligini ta’minlash haqida so‘z boradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring