Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina va Rossiya ilk bor harbiylar jasadlarini almashishdi

Ukraina va Rossiya ilk bor harbiylar jasadlarini almashishdi

Ukraina va Rossiya halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning jasadlarini o‘zaro almashishdi.

Ayirboshlash 2 iyun kuni Zaporoje viloyatidagi front chizig‘ida bo‘lib o‘tdi. Operatsiya Ukraina mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi, Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi va boshqa huquq-tartibot idoralari ishtirokida o‘tkazildi.

Bu almashinuv birinchi marta amalga oshirildi.

Avvalroq Ukraina va Rossiya vakillari halok bo‘lgan harbiylarning jasadlarini topshirishga tayyor ekanliklarini, biroq almashish bo‘yicha kelisha olmaganliklarini aytishgandi.

Rossiya tomoni jasadlarni almashish borasida hozircha izoh bermagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring