Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrainada favqulodda holat joriy etiladi

Ukrainada favqulodda holat joriy etiladi

Foto: «Global Look Press»

Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi (MXMK) butun Ukraina hududida, «Lugansk va Donetsk XR»dan tashqari, favqulodda holat joriy etishga qaror qildi.

Bugun kechki payt mamlakat Oliy radasi ushbu qarorni tasdiqlashi kutilyapti.

«Donetsk va Lugansk viloyatlariga kelsak, u yerda bizning qonunchiligimiz bilan muvofiqlashtirib turilgan alohida tartib bor. Shuning uchun ham bu hududda favqulodda holat joriy etilmaydi, afsuski, u yer allaqachon, 2014-yildan beri favqulodda holatda», — dedi MXMK kotibi Aleksey Danilov.

Danilovning aytishicha, choralar vaziyatga qarab qattiqlashadi yoki yumshatiladi. Komendantlik soatlarini joriy etish hududiy shtablar izmida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring