Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrainada qachon prezident almashishi mumkinligi aytildi

Ukrainada qachon prezident almashishi mumkinligi aytildi

Ukrainada prezidentlik saylovlari jangovar harakatlar tugagandan keyingina o‘tkazilishi mumkin.

Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning «Xalq xizmatchisi» partiyasi rahbari Olena Shulyak ma’lum qildi, deb xabar beradi Strana.ua.

«Urush davom etayotganda qanday saylovlar bo‘lishi mumkin? Saylovlar bo‘lishi mumkin, urushdan keyin», dedi u.

Shulyak, shuningdek, hozirda deputatlar qonunchilikka «urushdan keyingi saylovlar»ni o‘tkazishga ta’sir ko‘rsatadigan o‘zgartirishlar tayyorlayotganini ta’kidladi. Biroq bu qanday yangiliklar bo‘lishini aytilmagan. 

Eslatib o‘tamiz, amaldagi prezident Vladimir Zelenskiy 2019-yil aprel oyidagi saylovlardan beri mamlakatni boshqarib keladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring