Ukrainada Qrim tasviri tushirilgan tangalar chiqadi

Ukraina milliy banki 25-apreldan Qrim tasvirlangan esdalik tangalar seriyasini chiqaradi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
«2014-yilda Qrim avtonom respublikasi Rossiya tomonidan egallab olindi. Majburiy agressiya yarimorolni okkupatsiya qilingan hudud deb hisoblovchi Ukraina hukumati va jahon hamjamiyati tomonidan tan olinmaydi», — deya ta’kidlanadi tashkilot saytida.
Besh grivenlik ushbu tangalar 45 ming nusxada bosilishi kutilmoqda. Ta’kidlanishicha, ular Ukraina hududiy tuzilmasi va viloyatlariga bag‘ishlangan tangalar seriyasining bir qismi bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter