Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrainada «RIA Novosti»ning harbiy muxbiri halok bo‘ldi

Ukrainada «RIA Novosti»ning harbiy muxbiri halok bo‘ldi

«RIA Novosti» axborot agentligining harbiy muxbiri Rostislav Juravlyov Ukrainadagi harbiy amaliyotlar hududining o‘qqa tutilishi chog‘ida halok bo‘ldi, deb xabar berdi agentlik.

Qayd etilishicha, otishma Pyatixatki qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan, unda bir necha jurnalist yaralangan.

Agentlik fotomuxbiri Konstantin Mixalchevskiy, shuningdek, «Izvestiya» jurnalisti jarohat olgan.

O‘tgan yilning iyul oyida «Jurnalistlik burchini ado etishdagi jasorati uchun» Rostislav Juravlyov «Oltin qalam» mukofotini olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring