Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrainada yana bir rossiyalik general halok bo‘ldi

Ukrainada yana bir rossiyalik general halok bo‘ldi

Sankt-Peterburgda Ukrainadagi urushda halok bo‘lgan general Vladimir Frolovning dafn marosimi o‘tkazilgan. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Aavvalroq Krasnoyarsk o‘lkasi gubernatori Aleksandr Uss rossiyalik mayor Sergey Kashanskiy Ukrainada urush chog‘ida o‘ldirilganini ma’lum qilgandi. 32 yoshli harbiy shartnoma asosida Novosibirskda harbiy xizmatda bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Ukraina tomoni urush boshlanganidan beri yetti nafar rossiyalik general halok bo‘lganini da’vo qilmoqda, biroq Rossiya rasmiylari ulardan faqat bittasi – quruqlikdagi qo‘shinlarning 41-qo‘shma qurolli armiyasi qo‘mondoni o‘rinbosari Andrey Suxovetskiyning o‘limini tasdiqlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring