Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrainada yangi bosh prokuror tayinlandi

Ukrainada yangi bosh prokuror tayinlandi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Andrey Kostinni bosh prokuror etib tayinladi.

Andrey Kostin tayinlovga qadar Oliy Rada yuridik qo‘mitasi rahbari lavozimida ishlagan.

U 1973-yil 17-aprelda Odessada tug‘ilgan. Turli advokatlik firmalari va boshqa tashkilotlarda ishlagan, advokatlikdan kompaniya rahbarigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan. U o‘z siyosiy faoliyatini 2010-yilda boshlagan va Odessa shahar kengashiga «O‘zgarish uchun front» partiyasi fraksiyasidan deputat bo‘lgan. Va 2019-yilda u «Xalq xizmatkori» partiyasidan Oliy Radaga saylangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vladimir Zelenskiy Ukraina bosh prokurori Irina Venediktovani xodimlar o‘rtasida ko‘plab davlatga xiyonat qilish faktlari bo‘layotgani uchun ishdan bo‘shatgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring