Ukrainada yangi mudofaa vaziri tasdiqlandi

Ukraina parlamenti Mudofaa vazirligining yangi rahbari uchun ovoz berdi.
Ukraina Oliy Radasi Denis Shmigalni Ukrainaning yangi mudofaa vaziri etib tayinlash uchun ovoz berdi. Uning nomzodi uchun 267 deputat ovoz berdi, deb xabar beradi “RBK-Ukraina”.
Bir kun avval parlament Shmigalning bosh vazirlikdan iste’foga chiqish arizasini qabul qilgandi.
Oliy Rada payshanba kuni Yuliya Sviridenkoni hukumatning yangi rahbari etib tayinladi.
Shmigaldan avval mudofaa vazirligini boshqargan Rustem Umerov qaysi lavozimni egallashi hozircha ma’lum qilinmagan.
Bundan tashqari, Rada Andriy Sibiganing tashqi ishlar vaziri lavozimiga qayta tayinlanishini ma’qulladi. Shu tariqa yangi hukumat uchun ovoz berish yakunlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter