Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrainada yuqori martabali general halok bo‘ldi

Ukrainada yuqori martabali general halok bo‘ldi

Bir qancha rus va ukrain manbalari 14-armiya korpusi qo‘mondoni o‘rinbosari, general-mayor Vladimir Zavadskiyning o‘limi haqida xabar berdi.

General-mayor Zavadskiyning o‘limi haqidagi birinchi xabarlar 28 noyabr kuni kechqurun Moskva qo‘shma qurollar qo‘mondonlik maktabining yopiq suhbatlarida paydo bo‘ldi.

Maktab bitiruvchilaridan biri Moskva vaqti bilan taxminan 14:30da general jangovar zonada bo‘lganida minaga uchragani haqida yozgan. Hodisa Xarkov viloyatining Izyum shahri yaqinida sodir bo‘lgan. 

Agar Zavadskiyning o‘limi haqidagi xabarlar tasdiqlansa, u Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan beri halok bo‘lgan yettinchi rus generalga aylanadi.

Rus rasmiylari hozircha Zavadskiy o‘limi yuzasidan bayonot berganicha yo‘q. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring