Ukrainadagi urushda halok bo‘lgan fuqarolar soni 364 nafarga yetdi

Ukrainada urush boshlanganidan buyon kamida 364 nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi. Bu haqda BBC BMT bugun, yakshanba kuni bergan hisobotga asoslanib xabar berdi.
Tinch aholi orasida jarohatlanganlar soni 759 kishiga yetdi.
BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari oldingi hisobotni berganidan beri, ya’ni sutka davomida tinch aholi o‘rtasida halok bo‘lganlar — 13 nafar, jarohatlanganlar — 52 nafar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter