Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrainaning qarzi qanchaga yetgani ma’lum bo‘ldi

Ukrainaning qarzi qanchaga yetgani ma’lum bo‘ldi

Ukraina davlat qarzi 132 milliard dollardan oshdi, bu 4 860,59 milliard grivenga teng. Bu haqda Ukraina Moliya vazirligi saytida xabar berildi.

«2023-yil 31-iyul holatiga ko‘ra, Ukrainaning davlat va davlat tomonidan kafolatlangan qarzi 4 860,59 milliard griven yoki 132,92 milliard dollarni tashkil etdi», — deyiladi Ukraina Moliya vazirligi bayonotida.

Qayd etilishicha, davlat tomonidan kafolatlangan tashqi qarz 3 319,19 mlrd griven yoki 90,77 mlrd dollarni tashkil etadi.

Shuningdek, iyul oyida davlat qarzi to‘rt milliard dollarga oshgani xabar qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring